Kaliningrad-Toshkent yo‘nalishi yo‘lovchilari o‘zlari bilan 30 kg yukni tekin olib o‘tishlari mumkin bo‘ldi


Kaliningraddan Toshkentga uchadigan yo‘lovchilar uchun yangi imtiyoz joriy qilindi, deb yozadi Kun.uz.
Endilikda, bu yo‘nalishda yo‘lovchilar o‘z yonlariga, pul to‘lanmaydigan yuklardan yanada ko‘proq olib o‘tishlari mumkin.
“2015 yilning 17 aprel kunidan e’tiboran, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Kaliningraddan Toshkentga uchadigan samolyotlari saloniga yo‘lovchilar avvalgidek 10 kg emas, 30 kg yuk bilan kirishlari mumkin bo‘ladi. Bu imtiyozlar ekonom klass uchun joriy qilingan”, deyiladi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













