O‘zbekistonning eng kam aholili 10 hududi ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabr holatida mamlakat doimiy aholisi 38 069 116 nafarga yetgan. Shu munosabat bilan aholisi soni eng past bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati ham e’lon qilindi.
Reyting quyidagicha:
G‘ozg‘on shahri — 9 429 kishi
Tomdi tumani — 15 199 kishi
Shirin shahri — 19 421 kishi
Qorovulbozor tumani — 20 608 kishi
Bo‘zatov tumani — 21 810 kishi
Yangiobod tumani — 30 449 kishi
Mo‘ynoq tumani — 34 065 kishi
Konimex tumani — 36 922 kishi
Taxtako‘pir tumani — 38 871 kishi
Uchquduq tumani — 39 937 kishi
Ushbu hududlarning aksari chekka mintaqalarda joylashgan bo‘lib, tabiiy sharoit va infratuzilmaning chegaralangani aholi soniga ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













