Toshkent havosi tozalandi: Ifloslanish darajasi kamaydi

Toshkent havosi tozalandi: Ifloslanish darajasi kamaydi

So‘nggi 24 soatda Toshkent havosining tozalanishi kuzatildi. Maxsus komissiyaning xabar berishicha, Toshkentda PM2,5 ifloslanish darajasi pasayib, me’yordan faqat 20 foizga oshgan. Bu holatda, ilgarigi kunlardagi ifloslanish darajasi 2,5−3,5 barobar yuqori bo‘lgan. PM10 mayda zarrachalarning miqdori 125 mkg/m³ bo‘lib, ruxsat etilgan me’yorlardan (RЕM) oshmadi.

IQAir portaliga ko‘ra, Toshkent havosi iflos bo‘lgan mamlakatlar orasida 26-o‘rinni egallab, ifloslik darajasi sariq rangda qayd etilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.