Beeline Jizzaxda yangi salon ochdi

Beeline Jizzaxda yangi salon ochdi
Beeline Jizzaxda yangi salon ochdi

Beeline eksklyuziv salonlar tarmog‘ini rivojlantirishda davom etmoqda. Yangi ofis Jizzax viloyatining Zomin shahri markazida joylashgan.

Unitel‘ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov shunday dedi: “Aloqa bozorining etakchisi sifatida Beeline o‘z savdo tarmog‘ini doimiy ravishda rivojlantirib kelmoqda, va biz mijozlarimizga Zomindagi ofisimizni taqdim etishdan mamnunmiz. Butun hudud bo‘ylab savdo tarmog‘ini rivojlantirish bizning kelgusi rejalarimizda bor”.

Salonda kompaniyaning barcha xizmat va maxsulotlari taqdim etilgan bo‘lib, vitrinalarda keng turdagi gadjetlar va aksessuarlar, shuningdek kompaniya tarafidan taqdim etilayotgan xizmatlar haqida ma’lumotlar mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.