O‘zbekistonda er qimirladi

O‘zbekistonda er qimirladi
O‘zbekistonda er qimirladi

Internet foydalanuchilarining yozishiga qaraganda, O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida mahalliy vaqt bilan 23-40lar atrofida er silkinishi ro‘y bergan.

\"Jizzaxdan telefon qilishdi, yaxshigina er qimirlabdi\", — deb yozgan Facebook foydalanuvchilardan biri.

\"Men esa menga shunday tuyulayaptimi deb o‘ylabman\", — deya zilzila bo‘lganiga ishonmagan chilonzorlik foydalanuvchi.

\"Er silkinishidan uyg‘onib ketdim\", — deya o‘z fikrini qoldirgan samarqandlik Saida. Er silkinishi necha ballni tashkil qilganligi hozircha noma’lum.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining so‘zlariga qaraganda, 3 soniya davomida kuchli er silkinishi davom etgan.

Ayrimlar zilzila balli past bo‘lganini aytishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.