UMS avvalgi raqamlarni qayta tiklab bo‘lmasligini ma’lum qildi

UMS avvalgi raqamlarni qayta tiklab bo‘lmasligini ma’lum qildi
UMS avvalgi raqamlarni qayta tiklab bo‘lmasligini ma’lum qildi

Universal Mobile Systems operatori «MTS-O‘zbekiston» kompaniyasi sobiq abonentlarining avvalgi raqamlarini qayta tiklab bo‘lmasligini ma’lum qildi, Bu haqda «Mobinfo.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Foydalanuvchilardan birining savoliga javob berar ekan, operator vakillari: «Afsuski, UMS yangi yuridik shaxs bo‘lganligi tufayli avvalgi raqamlarni qaytab tiklab bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, u «Uzdunrobita» majburiyatlari uchun javob bera olmaydi. UMS yangi raqamlar bilan butunlay yangi shartlar asosida o‘z ishini boshlamoqda», — deya qayd etdi.

Bundan tashqari, UMS vakillari operatorga ulangan raqamni boshqa mijoz nomiga qayta rasmiylashtirish mumkin emasligini ma’lum qildi. Bunday qarorning sabablari oshkor etilmayapti.

Foto: ru.wikipedia.org
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.