Boyovut tumaniga yangi hokim tayinlandi


Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi va Boyovut tumani hokimi lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.
Sessiya qaroriga ko‘ra, Xazratqulov Niyoz Namazboyevich Boyovut tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Niyoz Xazratqulov tayinlovga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. Uning yangi lavozimga tayinlanishi bilan tuman rahbariyati faoliyati yangi bosqichga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi hokimning faoliyati tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













