O‘zgidromet havo keskin o‘zgarishi haqida tezkor ogohlantirdi

O‘zgidromet havo keskin o‘zgarishi haqida tezkor ogohlantirdi

O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib kelmoqda — O‘zgidromet shu haqda rasmiy ogohlantirish berdi. Qayd etilishicha, 16–17-yanvar kunlariga borib respublika bo‘ylab deyarli barcha hududlarda havo harorati pasayadi: kunduzgi haroratlar ham tushadi, tungi va ertalabki soatlarda sovuq yanada kuchayadi.

Shu bilan birga, antitsiklon ta’sirida ayrim hududlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik — yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida kuzatilishi ham prognoz qilinmoqda. Yog‘ingarchilik va shamol natijasida havoda to‘planib qolgan mayda zarrachalar “yuvilib”, atmosfera havosi sifati ma’lum muddatga yaxshilanishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.