16 fevral kuni havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir kutilmoqda

16 fevral kuni havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir kutilmoqda

16 fevral, dushanba kuni Oʻzbekistonda havo oʻzgaruvchan boʻladi. Ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, baʼzi hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol asosan 7–12 m/s atrofida.

Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand
Havo oʻzgaruvchan. Ayrim joylarda yomgʻir, tuman ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 13–18° iliq.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm
Bulutli havo saqlanadi, 16 fevralda ayrim joylarda yomgʻir boʻlishi mumkin, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 1–6° iliq, kunduzi 6–11° iliq.

Buxoro viloyati
Ayrim hududlarda yomgʻir ehtimoli bor, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.

Navoiy viloyati
Viloyat boʻylab 16 fevralda ayrim joylarda yomgʻir va tuman kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
Navoiyning shimolida salqinroq: kechasi 1–6° iliq, kunduzi 6–11° iliq.

Qashqadaryo viloyati
Havo oʻzgaruvchan, ayrim joylarda yomgʻir va tuman ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 13–18° iliq.

Surxondaryo viloyati
Kun davomida havo oʻzgaruvchan, ayrim joylarda yomgʻir boʻlishi mumkin, tuman ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 13–18° iliq.

Andijon, Namangan, Fargʻona
15–16 fevral kunlari asosan yogʻingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim joylarda tuman boʻlishi mumkin. Shamol 5–10 m/s. Harorat kechasi 4–9° iliq, kunduzi 12–17° iliq.

Togʻoldi va togʻli hududlar
Vaqti-vaqti bilan yomgʻir-qor koʻrinishida yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, tuman ehtimoli bor. Lavina xavfi saqlanadi. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 3° sovuq–2° iliq, kunduzi 5–10° iliq.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.