Koreya bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

Koreya bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi
Koreya respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari va ta’lim vaziri Li Chjun-Sik shu haftada O‘zbekistonga keladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Janubiy Koreya ta’lim vazirligiga ko‘ra, Li Chjun-Sik 27 martdan Qozog‘iston va O‘zbekistonga safarini boshlagan.

Koreya bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda mamlakat rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar davlatlar o‘rtasida strategik munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Tashrif O‘zbekiston va Janubiy Koreya respublikalari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan uyushtirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.