Uchinchi “Afrosiyob” keldi, endi uchta yo‘nalishda qatnov amalga oshiriladi

Uchinchi “Afrosiyob” keldi, endi uchta yo‘nalishda qatnov amalga oshiriladi
Joriy yilning 10 aprel sanasidan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida ham yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Shu munosabat bilan “Afrosiyob” elektropoezdlarining harakatlanish vaqti belgilandi. Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 760/759-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi kunning birinchi qismida ertalab soat 7:00 da Toshkent markaziy vokzalidan manzil tomon harakatlansa, kunning ikkinchi qismida soat 16:48da Qarshi vokzalidan ortga qaytadi.

Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi 762/761-sonli elektropoezd esa soat 7:30 da poytaxtdan Buxoro tomon harakatni boshlab, shu kuni 15:51da ortga qaytadi.

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan 764/763-sonli yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” esa ertalab soat 8:00da vokzaldan jo‘nab, kunning ikkinchi qismi 17:00 da Toshkentga qaytadi.

Shu bilan bir qatorda mazkur sanadan boshlab, Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi “Sharq”, Toshkent-Qarshi yo‘nalishidagi “Registon” hamda 380/379-sonli Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poezdlar harakatlanish vaqtiga ham o‘zgarishlar kiritildi.

Eslatma: Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” elektropoezdiga 10 aprel sanasidan keyingi qatnov kunlarida chipta xarid qilgan yo‘lovchilar harakat jadvaliga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olishlari kerak. Ya’ni shu kundan poezd Buxoroga 8:00 da emas, balki 7:30 da harakatlana boshlaydi. Xarid qilingan chiptalarni esa chiptaxonadan almashtirmasdan turib, yangi ko‘rsatilgan vaqtda foydalanish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.