Pensiya miqdori nimalarga bog‘liq?

Pensiya miqdori nimalarga bog‘liq?

Pensiya miqdori bir nechta tarkibiy qismlardan shakllantiriladi. Bu haqda amaldagi qonunchilikda aniq tarzda belgilab qo‘yilgan.

Pensiya summasi quyidagi omillar asosida hisoblanadi:
• Pensiyaning asosiy (bazaviy) qismi
• Mehnat staji uchun qo‘shimcha ustamalar
• Pensiyaga beriladigan turli qo‘shimcha to‘lovlar (nadbavkalar)

Shundan kelib chiqib, inson qancha ko‘p yil mehnat qilsa va ish staji qanchalik uzoq bo‘lsa — pensiya miqdori ham shunga mos ravishda yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, qonun talabiga muvofiq:
Pensiya miqdori rasman belgilangan minimal iste’mol xarajatlaridan past bo‘lishi mumkin emas.

Asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni, 25-modda
(2024 yil 18 martda kiritilgan o‘zgartirishlar) belgilangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.