Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mamlakatda hududlardagi ijro hokimiyati organlarini yagona tizim asosida bir nuqtada jamlagan holda boshqarishga qaratilgan yangi mahalliy davlat boshqaruv modeli bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu zamonaviy yondashuv idoralar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni kuchaytirish, qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish hamda aholi muammolarini yana-da samarali hal etishga xizmat qiladi.

Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

Buxoroning yangi maʼmuriy markazida barpo etilgan mazkur intellektual boshqaruv markazi viloyat boshqaruvining zamonaviy “aql markazi” sifatida faoliyat yuritmoqda. Dastlabki bosqichda bu yerda viloyat va shahar hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar organlari hamda boshqa masʼul tuzilmalar birlashtirilgan.

Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

Markazda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, investitsiya loyihalari, kommunal va transport infratuzilmasi, jamoat xavfsizligi hamda fuqarolar murojaatlari kabi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha maʼlumotlar real vaqt rejimida to‘planadi, qayta ishlanadi va tahlil qilinadi.

Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

Oliy martabali mehmonlarga markazning hududlar kesimida vaziyatni kompleks nazorat qilish, muammoli nuqtalarni oldindan aniqlash, ijro samaradorligini baholash hamda topshiriqlar bajarilishini qatʼiy monitoring qilish imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etildi.

Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

Shundan so‘ng yetakchilar hokimlik xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar. Yangi bino to‘liq raqamlashtirilgan ish muhiti, zamonaviy kabinetlar va majlislar zallari bilan jihozlangan bo‘lib, davlat idoralarining samarali faoliyati uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

Tashrif davomida Qozog‘iston prezidentiga noyob arxiv materiallari nusxalari ham taqdim etildi. Ular orasida Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy va Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegim maqbaralariga oid 1920–1950 yillarga tegishli hujjatlar, chizmalar va fotosuratlar mavjud.

Ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va qardoshlik ramzi sifatida ushbu arxiv materiallarining nusxalari Qozog‘iston tomoniga hadya qilindi.

Buxoroda ikki prezident zamonaviy markazni ko‘zdan kechirdi (foto)

Taʼkidlanishicha, bu hujjatlarning aksariyati hozirgacha ilmiy muomalaga kiritilmagan bo‘lib, ular Markaziy Osiyo tarixiy merosini o‘rganishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ahmad Yassaviy va Robiya Sultonbegim kabi noyob meʼmoriy yodgorliklar esa mintaqaning umumiy madaniy merosida alohida o‘rin tutadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.