To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan birga qadimiy va tarixiy Buxoro shahrining jahonga mashhur meʼmoriy yodgorliklarini ziyorat qildi. Xususan, Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon majmuasi va Labi Hovuz ansambli oliy martabali mehmonlarga namoyish etildi.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Tashrif davomida mehmonlarga ushbu noyob tarixiy obidalarning paydo bo‘lish tarixi, meʼmoriy uslubi hamda Sharq sivilizatsiyasi, ilm-fan, madaniyat va shaharsozlik rivojida tutgan o‘rni haqida batafsil maʼlumot berildi.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Dastlab delegatsiya Buxoroning ko‘p asrlar davomida siyosiy va maʼmuriy markazi bo‘lib kelgan mashhur Ark qo‘rg‘onida bo‘ldi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, bu qalʼa asrlar davomida shakllangan bo‘lib, keyinchalik Buxoro hukmdorlarining asosiy qarorgohi vazifasini bajargan. Hozirgi kunda esa u YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Shundan so‘ng yetakchilar Markaziy Osiyoning eng ulug‘vor meʼmoriy majmualaridan biri bo‘lgan Poi Kalon ansambliga tashrif buyurdilar. 1127 yilda barpo etilgan mashhur Kalon minorasi ushbu majmuadagi eng diqqatga sazovor inshoot bo‘lib, u asrlar davomida Buxoroning nafaqat meʼmoriy ramzi, balki shaharning haqiqiy “tashrif qog‘ozi” sifatida ham tanilgan.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Majmua tarkibiga XVI asr boshlarida qurilgan Kalon masjidi va Mir Arab madrasasi ham kiradi. Ushbu tarixiy ansambl Shayboniylar davri meʼmorchiligining eng yorqin namunalaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

So‘ngra delegatsiya Labi Hovuz majmuasini ham ziyorat qildi. Qadimiy hovuz atrofida joylashgan bu ansambl Ko‘kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqohni o‘z ichiga oladi. U asrlar davomida nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar va olimlar uchun ham muhim maʼnaviy markaz bo‘lib kelgan.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Tashrif davomida xalq hunarmandchiligi, anʼanaviy bezak sanʼati va meʼmoriy naqshlarning o‘ziga xos jihatlari ham namoyish etildi. Shu bilan birga, mehmonlarga Buxoroning Buyuk ipak yo‘li davrida islom sivilizatsiyasining yirik ilm-fan, taʼlim va savdo markazlaridan biri bo‘lgani haqida ham maʼlumot berildi.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Alohida taʼkidlandiki, Buxoro mintaqa uchun muhim maʼnaviy-maʼrifiy markaz bo‘lib xizmat qilgan. Bu yerda qo‘shni xalqlarning, jumladan qozoq ziyolilari va maʼrifatparvarlarining ko‘plab namoyandalari tahsil olgan. Bu esa ikki xalq o‘rtasidagi umumiy tarixiy-madaniy aloqalarning muhim sahifasini tashkil etadi.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

Xususan, qozoq adabiyoti va maʼnaviyati rivojiga hissa qo‘shgan Jusup Ko‘peyev, Nurjon Naushabayev, Shortanbay Qanay o‘g‘li, Sultonmahmut To‘rayg‘irov kabi mashhur shaxslarning Buxoro madrasalari bilan bog‘liq ilmiy faoliyati alohida eʼtirof etildi.

To‘qayev va Mirziyoyev Buxoroda tarixiy merosni birga ziyorat qildi (foto)

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.