O‘zbekistonda «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri tayyorlandi

O‘zbekistonda «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri tayyorlandi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonunning loyihasi (yangi tahriri) tayyorlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Hujjat 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi tizimiga joylashtirilgan.

Mazkur hujjat loyihasiga yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘yicha taqqoslash jadvali ilova qilingan.

Loyiha matni Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi. Loyiha yuzasidan taklif va mulohazalarni «Regulation.gov.uz» veb-sahifasida qoldirish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.