Qo‘ng‘irotda Oliy Majlis deputati bilan uchrashuvda gaz ballon muammosi hal qilindi

Qo‘ng‘irotda Oliy Majlis deputati bilan uchrashuvda gaz ballon muammosi hal qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xoniyozov Qo‘ng‘irot tumanida xalq bilan muloqot qilmoqda, deb xabar beradi Qonunchilik palatasi matbuot xizmatiga asoslanib \"Daryo.uz\" nashri.
Xususan, deputat tumandagi tibbiyot kolleji, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji va san’at kollejida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda kollej o‘quvchilari kitobxona burchagi tashkil etish, «Eng zo‘r kitobxon» tanlovini o‘tkazish, sportga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish takliflarini bildiridib o‘tdi.

Zafar Xoniyozov «Ajiniyaz» OFY aholisi bilan ham uchrashdi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi Qudaynazarova Almagul qishloqda dorixona ochish taklifini bildirib o‘tdi. Shuningdek, hammom va tikuv sexi ochish lozimligi ham ta’kidlab o‘tildi.

Hududdagi gaz ballon muammosi uchrashuvning o‘zidayoq hal qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.