Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 apreldagi farmoni bilan Yusupaliev Bahodir Qahramonovich O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda Daryo.uz xabar bermoqda.

Bahodir Yusupaliev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Bunga qadar sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Xojiboyev Adbuhakim Mo‘minovich sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bosh direktori etib tayinlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.