Chirchiqda yangi hokim ish boshladi

Chirchiqda yangi hokim ish boshladi
Toshkent viloyati Chirchiq shahri hokimi Furqat Xayrullaev Hamidullaevich lavozimdan olingan. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Uning o‘rnida Rashidov Qahramon Botirovich shaharning yangi hokimi sifatida ish boshlagan.

Ayni damda bu haqda hech qayerda rasmiy ma’lumot berilmagan.

Chirchiq shahri maydoni 34 km kv bo‘lib, shahar aholisi soni 150 ming nafardan oshadi. Shaharda o‘zbeklar, qozoqlar, ruslar, tatarlar, koreyslar hamda tojiklar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.