O‘zbekistonda 42 ta yangi GES quriladi

O‘zbekistonda 42 ta yangi GES quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev \"2017-2021 yillar uchun Gidroenergetikani rivojlantirish dasturi to‘g‘risida\"gi Farmonni imzoladi. Bu haqida Prezidentning matbuot xizmatida xabar berildi.

Farmonda respublikadagi gidroenergetika sohasining rivojidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi, xususan:

- ekologik sof qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng qo‘llash hisobiga elektroenergiya sohasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini izchil yaratish va mavjudlarini modernizasiya qilish;

- yirik, o‘rta, kichik va mikro-gidroelektr stansiyalarini loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy hamda har tomonlama asosli ilmiy-texnik qarorlarni joriy qilish hamda shu asosda respublikadagi energetika balansi tuzilmasidagi gidroenergetik quvvatlar ulushini oshirish;

- respublika suv salohiyatini asrab-avaylashni rag‘batlantirishni ta’minlash, gidrotexnik inshootlarni qurish davomida mavjud flora va faunani saqlab qolish, shuningdek suv resurslarini samarali boshqarish;

- transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha majburiyatlar va ratifikasiyalangan xalqaro kelishuvlarga rioya qilish.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda Gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 42 yangi GES qurish va 32 mavjud GESni modernizasiya qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.