Sergelida er usti metrosining qurilishi davom etmoqda (Foto)

Sergelida er usti metrosining qurilishi davom etmoqda (Foto)
Toshkentning Sergeli tumanida metro qurish ishlari davom ettirilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, mazkur metro er ostidan emas, balki erning ustidan estakadalar (ko‘priklar) orqali o‘tadi, uzunligi 26 metrni tashkil etuvchi ko‘plab balkalar o‘rnatiladi.

Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qurilish jarayonidan olingan suratlar chop etildi. Suratlarda metro ko‘prigining ustunlari o‘rnatilayotganini ko‘rish mumkin.
Sergelida er usti metrosining qurilishi davom etmoqda (Foto)
Sergelida er usti metrosining qurilishi davom etmoqda (Foto)
Avval xabar berilganidek, Sergelida jami uzunligi 8 kilometrdan ziyod bo‘lgan 6 ta metro bekati quriladi. Bekatlar Sergelining Sputnik dahasidan «Olmazor» metro bekatigacha bo‘lgan oraliqda joylashadi.

Metro bekatlarini qurish ishlari 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.