O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

20-23 avgust kunlari O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga asoslanib Kun.uz xabar qildi.

Mamlakatimiz shimoli – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 21-23 avgustda kechasi 13-18° gacha, kunduzi 25-30° gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 avgustda kechasi 17-22° gacha, kunduzi 27-32° gacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham hafta oxirida havo haroratining pasayishi kutilmoqda. 22-23 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 22-23 avgustda 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

Yurtimizning janubiy viloyatilari – Qashqadaryo va Surxondaryoda ham havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 29-34° gacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22-23 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi esa 25-30° gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgarib turadi, 22-23 avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.