Kabel televideniesiga pul to‘lamagan mijozlarda 12ta milliy telekanal o‘chirib qo‘yilayotgani aniqlandi

Kabel televideniesiga pul to‘lamagan mijozlarda 12ta milliy telekanal o‘chirib qo‘yilayotgani aniqlandi
Kabel televideniesiga pul to‘lamagan mijozlarda 12ta milliy telekanal o‘chirib qo‘yilayotgani aniqlandi

O‘zbekiston xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tekshiruvida ma’lum bo‘lishicha, Toshkentdagi ko‘pgina raqamli televidenie xizmatlari ko‘rsatuvchi provayderlar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchilar tomonidan haq to‘lanmagan hollarda 12ta bepul retranslyasiya qiluvchi milliy telekanallarni haq o‘chirish holatlariga yo‘lga qo‘ygani aniqlandi.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, Uzdigital TV MJCh abonentlarining hisob raqamlarida pul bo‘lmagan hollarda provayder faqat pullik kanallarni o‘chirishi, 12ta bepul namoyish etiladigan ijtimoiy telekanallar retranslyasiyasini davom ettirishi shart.
Xususan, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Sport”, “Oilaviy”, “Bolajon”, “Navo”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Diyor”, “Dunyo bo‘ylab”, “Kinoteatr” va “Mahalla” ijtimoiy telekanallari raqamli televideniedan foydalanuvchilar uchun bepul retranslyasiya qilinishi aytildi.

“Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbektelekom” AK, Uzdigital TV MJCh, Maks Layn va “O‘zbekiston kabel televideniesi”ga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchi tomonidan haq to‘lanmagan hollarda yuqorida ko‘rsatilgan 12ta telekanalni retranslyasiya qilishni davom ettirishi shartligi to‘g‘risida xat yuborildi”, – dedi vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Shuhrat Sattorov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.