O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati keskin pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati keskin pasayadi
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati keskin pasayadi

19-20 sentyabr kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, harorat kechasi +17, kunduzi +29 darajadan oshmaydi.

Gidrometeorologiya markazining xabariga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida harorat kechasi +10-15, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +12-17, kunduzi +22-27 darajaga etadi.

Farg‘ona vodiysida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati kechasi +10-15, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechasi +10-15, kunduzi +22-27 darajaga etadi.

Tog‘li hududlarda harorat kechasi +5-10, kunduzi +15-20, yomg‘ir paytida +12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.