Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi


Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Telegraf.uz saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ayni kunlarda Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurish ishlari davom etmoqda. Angrendan Orzu, Chodak va Pop-2 stansiyalariga qadar bo‘lgan joyda elektrifikasiya ishlari yakunlandi. Qurilishning umumiy masofasi 123.4 km ni tashkil qiladi.
Bugungi kunga qadar 6 stansiya, 2 vokzal, 285 muhandislik inshootlari, 19 ko‘prik qurildi. Andijondan Toshkentgacha bo‘lgan sayohat 5 soat vaqtni olishi xabar qilinmoqda.
Andijonda qurilayotgan vokzal 350 yo‘lovchiga bir paytda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Kelajakda uning kengaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













