Sobiq aviasozlik zavodi o‘rnida istirohat bog‘i quriladi


Sobiq Toshkent aviasozlik zavodi o‘rnida yangi istirohat bog‘i qad ko‘taradi. “Novosti Uzbekistana” nashrining yozishicha, ayni paytda “Anhor-Lokomotiv” attraksionlar bog‘ining qurilishi boshlab yuborilgan.
Rejaga muvofiq, bog‘ strukturasiga attraksionlardan tashqari sun’iy suv havzalari va bir qancha kafeteriylar kiradi.
Bundan tashqari, bog‘ hududida MDH hududidagi eng yirik kartodrom bo‘ladi. Kartodrom maydoni 12 ming kv m ni tashkil qiladi.
Lokomotiv Amusement Park’da bo‘lganidek, yangi bog‘da ham diqqatga sazovor tarixiy joylarning maketlari quriladi. Ular orasida Kaltaminor, Sherdor, Minorai Kalon, Toshkent kurantlari va Temuriylar tarixi muzeyi bo‘ladi.


Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













