O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun er maydonlari endi tanlov asosida taqdim etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun er maydonlari endi tanlov asosida taqdim etiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun er maydonlari endi tanlov asosida taqdim etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi qaroriga binoan, 2016 yil 1 yanvardan aholi punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun 1 gektargacha bo‘lgan er uchastkalari faqatgina tanlov asosida taqdim etiladi. Bu haqda Review.uz\'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, tanlovga qo‘yilgan er maydoning eng kam qiymati shaharlarda er maydonlaridan foydalanish uchun yuridik shaxslar uchun joriy etilgan er solig‘ining yillik stavkasi miqdorida, respublika posyolka va qishloq joylarida esa ularning joylashgan o‘rniga qarab belgilanadi.

Mazkur qaror kichik sanoat va maxsus industrial zonalar hududlari, O‘zbekiston milliy avtomagistrallari yoqasidagi yo‘l bo‘yi infratuzilmalari va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari hamda boshqalar uchun taalluqli emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.