Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirildi

Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunovdan iborat bir guruh mutasaddilar Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning oila a’zolariga Prezidentning hamdardligi va ta’ziyalarini bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirildi
Ushbu mutasaddilar mash’um fojiada vafot etgan hamyurtlarning haqlariga duolar qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylari jannat bog‘laridan bir bog‘ bo‘lishini so‘radi.
Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirildi
Ulamolar va mas’ullar halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlarining musibatlariga sherik ekanlarini aytib, respublikaning barcha masjidlarida juma namozlarida duolar qilingani va madrasalarda xatmi Qur’onlar o‘qilayotganini bildirdi.
Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirildi
Mana shunday qayg‘uli kunlarda mutasaddilar doimo hamroh bo‘lib, har qanday yordamga tayyor ekanliklarini izhor qildi.

Oldinroq Aqto‘bedagi fojia munosabati bilan Namanganda viloyat hokimi rahbarligidagi komissiya ish boshlagani xabar qilingan edi.

Manba: Daryo.uz

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.