Axborot texnologiyalari vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Axborot texnologiyalari vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Endilikda Qahramon Anvarjonovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni Axborot texnologiyalari vazirligiga rahbar tayinlangani, ushbu vazirlik rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Shermatov Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariga o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.