O‘zbekistondagi 8 ta kollej AKT vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi 8 ta kollej AKT vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi
AKT sohasidagi sakkizta kasb-hunar kollejlari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Bu haqda “Spot”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

1 sentyabrga qadar kasb-hunar kollejlarini vazirlik tasarufiga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilinadi. Mazkur holat AKT sohasida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, maktablarda informatika darslari ham ko‘paytiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.