Navro‘z bayrami O‘zbekiston bo‘ylab 204 joyda o‘tkaziladi

Navro‘z bayrami O‘zbekiston bo‘ylab 204 joyda o‘tkaziladi
Bugun xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida Navro‘z bayramini nishonlashga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi.

Majlisda ishtirok etgan muxbirimizning xabar berishicha, Navro‘z tantanalari poytaxtimizdagi “Ashxobod”, “Navro‘z” bog‘larida hamda “O‘zekspomarkazi”da o‘tkaziladi. “O‘zekspomarkazi”da har bir viloyatning o‘ziga xos jihatlari namoyish etiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yurtimiz bo‘ylab jami 204 joyda Navro‘z bayrami o‘tkazilsa, shularning 21 tasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.