Oʻzbekistonda savdoni tubdan oʻzgartiradigan qaror loyihasi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda savdoni tubdan oʻzgartiradigan qaror loyihasi eʼlon qilindi
Prezidentning “Savdoni yanada liberallashtirish va tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 yanvardan:

- ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziyalar borligi haqidagi talab va ulgurji savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi;

- aksizli tovarlarning ayrim turlari ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishning amaldagi tartibi (avtomobillar, oʻsimlik moyi, alkogol va tamaki mahsulotlari hamda boshqalar);

- joyga chiqib savdo qilish uchun ruxsatnoma hujjatini berish boʻyicha talablar;

- tadbirkorlik subyektlari kontragentlari bilan munosabatlarda kelib chiqadigan, muddati boʻlgan debitorlik qarzdorligi uchun sanksiyalar;

- tadbirkorlik subyektlarida kelishuvlar boʻyicha ichki bozorda 15%lik oldindan toʻlov talabi;

- tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida toʻlov shartlarini hisobga olgan holda yangi meva-sabzavot mahsuloti eksportida 100 foiz miqdorida oldindan toʻlov haqidagi talab;

- ayrim turdagi tovarlarni eksport qilish boʻyicha cheklovlar;

- isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasini shartnomada koʻrsatilganidan koʻproq isteʼmol qilingani uchun jarima sanksiyalari;

- yuqori likvidli tovarlar, xomashyo va materiallarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini shakllantirish va uni Raqobat qoʻmitasi bilan kelishi amaldagi tartibi va boshqalarni bekor qilish moʻljallanmoqda.

Shuningdek, 2018 yil 1 oktyabrdan import boʻyicha olib kirilgan yuqori likvidli mahsulot turlari, egalari oʻz xohishiga koʻra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishi mumkin.

Joriy yilning 1 oktyabridan Oʻzbekiston Respublikasidan jismoniy shaxslar uchun 5 ming AQSH dollariga teng boʻlgan ruxsat etilgan valyuta miqdori doirasida tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.