Toshkentdan Moskvaga yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentdan Moskvaga yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2018 yil 14 dekabrdan Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha 350/349-sonli yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Ushbu poyezd “Qoraqalpog‘iston” stansiyasi orqali harakatlanadi. Belgilangan jadvalga ko‘ra, yangi yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftada bir marta – har juma kuni amalga oshiriladi.

Hozirda O‘zbekistondan Moskvaga ikkita poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan: Toshkentdan 005F-sonli va Andijondan 149F-sonli poyezdlar. Toshkentdan Moskvaga qatnovchi poyezd payshanba va shanba kunlari yuradi, u manzilga yetib olish uchun 2 kun 18 soat vaqt sarflaydi. Andijondan Moskvaga poyezdlar esa seshanba va yakshanba kunlari yuradi va yo‘lga 3 kun 1 soat vaqt ketadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari hamda temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.