Abu Dabi festivalida o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan 10 ming kishilik palov damlanadi

Abu Dabi festivalida o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan 10 ming kishilik palov damlanadi
Abu Dabida o‘tayotgan Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivalida bugun o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan 10 ming kishiga yetkazishga mo‘ljallangan palov damlanadi. Bu haqda festivalda qatnashayotgan o‘zbek delegatsiyasi xabar berdi.

Palov festivalning markaziy sahnasida pishiriladi. Xabar qilinishicha, unda 1,5 tonnadan ortiq guruch damlanadi. Markaziy maydonda bitta asosiy katta qozon va uning yonida 8 ta kichkina qozon o‘rnatiladi. Oshni o‘zbekistonlik 16 ta oshpaz pishiradi.
Abu Dabi festivalida o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan 10 ming kishilik palov damlanadi
Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivali 2 dekabr kuni boshlangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.