Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 17 yanvar kuni Hindistonning Ahmadobod shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hindistonda davlat rahbarining tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida ta’kidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan “The Hindu” gazetasida “O‘zbekiston Prezidenti sammitning bosh mehmoni bo‘ladi” nomli tahliliy maqola chop etildi, deyiladi xabarda.

“Jo‘shqin Gujarat” sammiti Gujarat shtatining yana bir shahri – Gandinagarda bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.