Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28 may kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.
Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Shuningdek, Germaniya prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.