Toshkent shahrida navbatdagi er qimirlashi kuzatildi


Bugun, 14 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:24da Toshkent shahrida er silkinishi ro‘y berdi va bir necha soniya davom etdi.
Bu zilzila kuchini O‘zbekistonning boshqa shaharlarida sezishmagan. Toshkent shahrida yashovchilar zilzila haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozishdi. Ular zilzila kuchi 2,5 ball bo‘lganini taxmin qilishgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Farg‘ona vodiysida yashovchilar ham, O‘zbekistonning g‘arbiy viloyatlarida yashovchilar ham zilzilani sezishmaganini bildirishgan.
Hozirda bu er qimirlashi hodisasiga oid rasmiy ma’lumotlar berilmagan. Bu vaqtda Yaponiyada 6,6 balli zilzila ro‘y bergan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













