Yangiyo‘llik 70 yoshli otaxon hozirgacha nevara va evaralari bilan futbol o‘ynashi ma’lum qilindi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi Abdulla Ortiqov nomli fuqarolar yig‘inida yashovchi 70 yoshli Normurod Xudayberdiev hozirgacha futbol o‘ynashini ma’lum qildi. Bu haqda «12news.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri .
«Butun umrim davomida futbolga qiziqib kelaman. Viloyat birinchiliklarida o‘ynaganman. Darvoza o‘rniga ikkita g‘isht qo‘yib o‘ynardik. Hozirda bizning tumanimizning o‘zida 18 ta sun’iy qoplamali maydonlar mavjud. Kiyim almashtirish, yuvinish xonalari, barcha kerakli jihozlar muhayyo.
Faqat kelib shug‘ullanish kerak. O‘zimning 35 nafar nevara va evaralarimni ham sportga o‘rgatyapman. Ular bilan to‘p o‘ynashda davom etyapman. Bunday jamoa bilan yoshingni ham unutasan», − dedi 70 yoshli otaxon.
Foto: 12news.uz / daryo
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













