“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri pora bilan ushlandi

“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri pora bilan ushlandi

“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri I.Sh. 20-avgust kuni Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Muborak tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda qoʻlga olindi.

Maʼlumot berilishicha, u korxona asbobchisi N.O.ni 2019-yil may oyida sababsiz ishga kelmagan boʻlsa-da, ishdan boʻshatmasdan olib qolganligi evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan.

I.Sh. tumanning “Oʻzbekiston” MFY hududida N.O.dan 2 mln soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.