Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi?

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil – Nagoya shahriga keldi.
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi?
Tyubu xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi?
Yaponiya – O‘zbekistonning strategik sherigi. Bundan 28 yil muqaddam – 1991 yil dekabr oyida Kunchiqar mamlakat O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan edi. 1992 yil yanvar oyida mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shundan buyon do‘stlik va o‘zaro hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda.
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi?
Tashrifning asosiy tadbirlari 18 dekabr kuni boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nagoya va Tokio shaharlarida qator ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi?
Nagoyada Aichi prefekturasi va shahar meriyasi rahbarlari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Nagoya universitetiga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi?
Shu kuniyoq Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, parlamentdagi \"O‘zbekiston-Yaponiya\" do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.