O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Bugun respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz, harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Biroq, kechga borib Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan ob-havo sharoitlari o‘zgaradi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlaridan tashqari qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Bunday sharoit ertaga kun bo‘yi davom etadi. Ertaga havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasida sovuq havo oqimining ta’siri ayniqsa kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi.

Ish haftasining oxirida ob-havo yana o‘zgaradi. Juma kuni mamlakat hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat oyning shu davri uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz yuqori.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.