Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi O‘zbekiston-Qozog‘iston hududlararo hamkorlik forumi doirasida mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston rahbari keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning rivojlanish sur’ati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni mustahkamlashga, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Asqar Mamin O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
Uchrashuvda, avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, agrar tarmoqlarda, ta’lim, madaniyat sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tovar ayirboshlashdagi yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalari ishtirokida kooperatsiya va infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma dasturlar asosida gumanitar va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv so‘ngida keng ko‘lamli O‘zbekiston-Qozog‘iston sherikligi doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tayyorlashga kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.