Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat yana ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat yana ko‘tariladi
Bugun respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlari ustiga troposferadagi yuqori bosimli o‘rkach tarqaladi va juda iliq, kam bulutli va quruq ob-havoni yuzaga keltiradi

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun respublikaning katta qismida havo harorati 18-20 daraja issiqni tashkil qiladi, cho‘l zonasida havo 21-23 daraja isiydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik harorat ko‘rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlarida harorat yana ko‘tariladi va yakshanbaga kelib kechasi 9-12 daraja iliq, kunduzi 22-25 daraja issiq, mamlakat shimoli-g‘arbida esa 27-28 darajagacha yetadi, bu harorat iqlimiy me’yordan 5-8 darajaga yuqoridir.
Qayd etilishicha, bunday havo mart o‘rtasiga qaraganda ko‘proq aprel oyi oxiri uchun xos.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.