FVV bugun O‘zbekistonda sodir bo‘lgan zilzila haqida ma’lumot berdi

FVV bugun O‘zbekistonda sodir bo‘lgan zilzila haqida ma’lumot berdi
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Keltirilishicha, bugun, 17 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 09:34 (17.04.2020 da 04:34 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar 41,02 gradus shimoliy kenglik, 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 214 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan : 7 km, 4 ball.
Andijon : 57 km, 2 ball.
Farg‘ona : 71 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.