«Vaziyatdan kelib chiqiladi» — Bosh vazir o‘rinbosari 1 avgustdan karantin cho‘zilishi ehtimoli haqida

«Vaziyatdan kelib chiqiladi» — Bosh vazir o‘rinbosari 1 avgustdan karantin cho‘zilishi ehtimoli haqida
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 1 avgustgacha qat’iylashtirilgan karantin muddati yana cho‘zilishi ehtimolini istisno etmadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Karantinni avgustdan keyin yana uzaytirish masalasiga vaziyatni tahlil qilgan holda qaytiladi. Davlat rahbari tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ishlashi kerak, degan talab qo‘yilgan», – dedi Musayev Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat keskin yomonlashishi ortidan, 10 iyuldan boshlab qat’iy karantin choralari qaytarilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.