Prezident qarori loyihasi: Qiynoq holatlarini aniqlash tizimi takomillashtiriladi

Prezidentning “Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.Quyidagilar qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimi samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini xalqaro huquqning inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirish;
- qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish;
- qiynoq holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarning tezkor va xolisona ko‘rib chiqilishi hamda aybdor shaxslarning muqarrar javobgarlikka tortilishi mexanizmini takomillashtirish;
- qiynoqdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilishini hamda ularga yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinishini ta’minlash;
- qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlari keng jalb qilinishini, ularning davlat organlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash;
- qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish;
- qiynoqlarning oldini olish borasida xalqaro tashkilotlar, xalqaro nohukumat tashkilotlar hamda xorijiy milliy preventiv mexanizmlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













