Prezident bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi

Prezident bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi
Qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishi yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlanadi.

«Videoselektor yig‘ilishi prezident boshchiligida bo‘lib o‘tadi. U yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlanadi», deydi manba.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyi oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

Yig‘ilishda bugungi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz ekani qayd etilgan. Shu boradagi masalalarni tizimli hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda o‘g‘il-qizlarning takliflarini «mahallabay» o‘rganayotgani bildirilgan.

Yanvar oyidagi yig‘ilishda joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish zarurligi ta’kidlangandi. Tuman va shaharlarda an’anaviy yoki masofaviy o‘quv kurslarini ko‘paytirish, ishsiz yoshlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitib, bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Bugun ana shu masalalar ham ko‘rib chiqilishi mo‘ljallanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.