«O‘zgidromet» havo harorati qachon pasayishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» havo harorati qachon pasayishini ma’lum qildi
Ushbu haftada O‘zbekiston hududida avgust oyining oxirgi o‘n kunligiga xos bo‘lgan, asosan, kam bulutli issiq ob-havo, kuchsiz, ba’zi joylarda biroz esadigan shamollar ustunlik qiladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Tog‘li hududlarda, asosan, tinch ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23—24 avgust kunlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarda mahalliy momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida respublika hududida me’yordan 2-3 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi va faqat haftaning ikkinchi yarmida harorat foni asta-sekin pasayishni boshlaydi. Hafta davomida harorat kechalari 17-22 daraja, kunduz kunlari 23—26 avgustda 33-38 daraja, 27—28 avgustda 31-36 daraja atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 avgust, chorshanba kunidan salqin havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinib, uning o‘rniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib kelgandi. «O‘zgidromet» havo harorati yana ko‘tarilishi kutilayotganini ma’lum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.