Bugun O‘zbekistonga juda iliq havo kirib keladi

Bugun O‘zbekistonga juda iliq havo kirib keladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin,

Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati ko‘tariladi va 12-17° iliqni, ba’zi joylarda 19 darajagacha iliqgachani tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.