
Nosozliklar bo‘yicha milliy ma’lumotlar bazasi (NVD) axborotiga ko‘ra, 2014 yilda dasturiy ta’minotlarning kuniga 19 ta nosozliklari qayd etilgan, deb yozadi «Mail.ru». NVD xatoliklarning to‘liq ro‘yxatini tuzib, dunyodagi eng ishonchsiz tizimlarni e’lon qildi.
2014 yilda NVD ma’lumotlar bazasiga 7038 ta yangi nosozliklar qo‘shilgan. Ularning 80 foiziga chetdan olingan dasturlar manba bo‘lib xizmat qilgan. Operasion tizimlar va qurilmalarning ichki dasturlari hissasiga nosozliklarning tegishli ravishda 13 va 4 foizi to‘g‘ri keldi.


Zaifliklarga ega operasion tizimlar reytingida Mac OS X, iOS hamda Linux etakchilik qilgan bo‘lsa, ichki dasturlar orasida Microsoft Internet Explorer, Google Chrome va Mozilla Firefox yuqori uchlikni egalladi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar