Konferensiyalar ligasi saralash bosqichidan o‘rin olgan "Cherno more" - "Istanbul Bashakshexir" klubi o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur to‘qnashuvda Turkiya klubi minimal 0:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Muxlislar birinchi bo‘limda gol ko‘rishmadi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Omer Ali Shaxiner hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gol esa o‘yin taqdirini hal qildi.
73-daqiqada esa hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. Shu orqali, hamyurtimiz yangi klubidagi rasmiy debyut uchrashuvida ishtirok etdi.
"Cherno more" - "Istanbul Bashakshehir" 0:1
Gol: Omerali Shehiner (52).
"Cherno more": Plamen Iliyev, Asen Donchev, Jivko Atanasov, Vlatko Drobarov, Svetomir Panov, Vasil Panayotov, David Teles, Ueslen Junior (Joao Pedro, 79), Asen Chandarov (Dimitar Tonev, 63), Nikolay Zlatev (Georgi Lazarov, 62), Chelso Sidney.
"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Shengezer, Kristofer Operi, Osseynu Ba (Hamza Gyureler, 65), Leo Duarte, Onur Bulut, Omerali Shehiner (Lliver Kemen, 66), Berat O‘zdemir, Migel Krespo, Ivan Brnich (Eldor Shomurodov, 73), Nuno Da Kosta (Deniz Turuch, 73), Yusuf Sari.
Ogohlantirish: Chelso Sidney (45), Osseynu Ba (49), Jivko Atanasov (82).
"Istanbul Bashakshehir" qiyin g‘alaba qayd etdi, Shomurodovdan debyut
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar